BMT Bosh kotibi Qozonda o‘tkaziladigan “BRIKS” sammitida qatnashadi

Фото: бизнесон

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qozonda bo‘lib o‘tadigan “BRIKS” sammitida ishtirok etadi. Bu haqda tashkilotning Rossiyadagi axborot markazi rahbari Vladimir Kuznetsov ma’lum qildi.

“Men uch haftadan so‘ng BRIKS sammitiga mezbonlik qiladigan Qozon shahrida bo‘lishimdan juda mamnunman, unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish taklif etilgan shaxs sifatida ishtirok etadi”, — dedi u “Kazanskie dialogi” loyihasining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida.

“BRIKS” sammiti 22-24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu birlashmaga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Eron, Misr va Efiopiya kiradi. Bu yil “BRIKS”ga Rossiya raislik qilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.