BMT inson huquqlari buzilishi bor-yo‘qligini tekshirish uchun Kursk oblastiga kirishni so‘radi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (IHOKB) Rossiya hukumatidan mintaqadagi inson huquqlari buzilishi holatlari yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun Kursk oblastiga kirishni ta’minlashni so‘ramoqda, deb yozadi “RIA Novosti” IHOKB rasmiy vakili Ravina Shamdassaniyga tayanib.
“Biz Kursk oblastidagi vaziyat haqida ma’lumot to‘plashga harakat qilyapmiz, ammo kirish imkoni bo‘lmasa, bu juda qiyin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun biz Rossiyadan uning hududiga kirishni so‘rayapmiz”, — deydi vakil.
11-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Moskalkova Ukrainadan terrorizmni qoralashni talab qilib, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariga murojaat yo‘lladi. Ombudsman BMTga qilgan murojaati ma’lumotlari sentyabr oyida e’lon qilishga tayyorlanayotgan IHOKB hisobotida o‘z aksini topishiga umid bildirdi.
Sharhlar