BMT: Livandan Suriyaga 100 000 ga yaqin kishi qochdi
Isroilning Livanda “Hizbulloh” harakatiga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri yuz mingga yaqin odam mamlakatni tark etib, Suriya chegarasini kesib o‘tgan. Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qiladi.
Grandining so‘zlariga ko‘ra, chegaraga kelayotgan odamlar oqimi to‘xtamayapti. BMT xodimlari yangi kelganlarga yordam berish uchun Suriya chegarasidagi to‘rtta nazorat punktida turibdi. Ular, shuningdek, mahalliy hokimiyat va Qizil yarim oy jamiyati xodimlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qochqinlarning qariyb 60 foizi suriyaliklar, qolgan 40 foizi esa livanliklardir.
Ulashish:
Sharhlar