BMT: Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik “xavfli eskalatsiya”ga olib keladi

Фото: EA Daily
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi mojaroda ishtirok etish uchun Rossiyaga yuborilishi haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. U o‘z bayonotida ushbu mojaroning baynalmilallashuviga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidlagan.

Guterrish, shuningdek, Ukrainada BMT Nizomi, xalqaro huquq va Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga mos keladigan adolatli va barqaror tinchlikka erishishga qaratilgan har qanday mazmunli sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Janubiy Koreya maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Koreya allaqachon Rossiyaga kamida 11 ming askar yuborgan. NATO Bosh kotibi Mark Rutte buning Hind-Tinch okeani mintaqasida ham, Yevro-Atlantika makonida ham xavfsizlikka tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.