BMT Tinchlik sammitida qatnashishini tasdiqladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 15—16-iyun kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Global tinchlik sammitida qatnashadi. BMTdan boradigan ishtirokchilar haqida tashkilot tadbirga yaqin qolganida ma’lum qiladi. Bu haqda BMT bosh kotibi o‘rinbosari Farxan Gak bayonot berdi, deb yozadi “Ukrinform”.
“Bu borada prinsipial izoh quyidagicha: biz sammitda qatnashamiz. Tadbir o‘tkaziladigan sanaga yaqin qolganida u yerda aynan kim bo‘lishi haqida ma’lumot berishimiz mumkin”, — dedi Gak.
Hozirgacha 107 ta davlat va xalqaro tashkilotlar Shveysariyadagi Global tinchlik sammitidagi ishtirokini tasdiqladi.
Ulashish:
Sharhlar