Boeing samolyotlarida yangi nosozlik aniqlandi — yuzlab mahkamlagichlar noto‘g‘ri o‘rnatilgan

Фото: AP Photo/Mic Smith

Nuqsonlar 787 Dreamliner samolyotlarida aniqlandi, deya xabar beradi Reuters vaziyatdan xabardor ikki manbaga tayanib. Agentlikning aniqlik kiritishicha, so‘z “etkazib berilmagan samolyotlar” haqida bormoqda.

Reuters suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, muammo Boeing zavodida “samolyot o‘rta qismining har ikki tomoni o‘rtasida teng taqsimlangan” 900 dan ortiq mahkamlagichlarning noto‘g‘ri “tortib qo‘yilgani” bilan bog‘liq.

Hozirda bu samolyotlar uchun xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar yo‘q, biroq Boeing muammoga nima sabab bo‘lganini va qandaydir qo‘shimcha ishlar zarurligi yoki yo‘qligini aniqlamoqda.

787 Dreamliner samolyotida ishlab chiqarishdagi nuqsonlar 2020-yilda xabar qilingan edi. Keyin nuqsonlardan biri samolyotning gorizontal dum stabilizatorida topilgan. Shu sababli, allaqachon ishlayotgan sakkizta samolyotning parvozlari to‘xtatildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.