Bokudagi COP29 anjumanida qashshoq mamlakatlarga iqlim yordami yiliga 1,3 trillion dollargacha oshirilishiga kelishib olindi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o’zgarishi bo’yicha 29-konferentsiyasi (COP29) ishtirokchilari eng qashshoq mamlakatlar uchun iqlimni moliyalashtirishni oshirishga kelishib oldilar. 2035-yilga kelib, davlat va xususiy manbalarni hisobga olgan holda jami yordam yiliga 1,3 trillion dollarni tashkil qilishi kerak. Sanoati rivojlangan mamlakatlar har yili kamida 300 milliard dollar ajratishga va’da berishdi.
Bu mablag‘lar rivojlanayotgan mamlakatlarning qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va bo‘ronlar kabi global isish oqibatlariga moslashishi hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Yakuniy hujjat bo’yicha kelishuv moliyaviy yordam miqdori bo’yicha kelishmovchiliklar tufayli konferentsiyani uzaytirishni talab qildi. Ayrim ishtirokchilar dastlabki takliflarni yetarli emas deb hisoblashdi.
Sharhlar