Boliviyada harbiylar davlat to‘ntarishini uyushtirishga urindi
Boliviyaning de-fakto poytaxti bo‘lgan La-Pas shahrida harbiylar hukumat binosi oldidagi maydonni egallab oldi. Dastlab, harbiylar va zirhli texnika maydonga to‘plandi, so‘ng ular hukumat binosiga bostirib kirishga urindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bunga javoban, mamlakat prezidenti Luis Arfse qurolli kuchlarni demokratiyani hurmat qilishga chaqirdi. U o‘z hukumati a’zolari hamrohligida mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, ularni davlat to‘ntarishiga qarshi safarbarlikka va demokratiyani qo‘llab-quvvatlashga da’vat etdi.
Sobiq davlat rahbari Evo Morales harbiy to‘ntarishga urinish yuz bergani haqida ma’lum qildi, uning so‘zlariga ko‘ra, uni general Xuan Xose Sunyiga uyushtirishga harakat qilgan. Avvalroq harbiy Morales tomonidan bo‘lgan tanqidlar tufayli, shu jumladan, Boliviya sobiq prezidentini hibsga olish haqidagi tahdidlari sababli, armiya qo‘mondoni lavozimidan bo‘shatilgan edi.
O‘z navbatida Sunyiga “vatanini qaytarmoqchi” ekanini, harbiylar mamlakat nochorlashib borayotganidan charchaganini aytdi. Shuningdek, u yangi vazirlar mahkamasi tuzilishini ta’kidladi.
Keyinroq unga nisbatan terrorizm va qurolli qo‘zg‘olon ayblovi e’lon qilinib, qo‘lga olindi.
Sharhlar