Boltiq dengizida “Annika” neft tankeri yonmoqda
Boltiq dengizi sohilida kuchli portlashdan so‘ng 73 metrlik nemis neft tankeri “Annika” yona boshladi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanker ekipajidan 7 kishi evakuatsiya qilingan, ammo komanda a’zolarining aniq soni hozircha noma’lum. Kema 640 tonna og‘ir mazut tashiyotgani ma’lum qilindi.
Hozirgi vaqtda yong‘inga qarshi kurashda qutqaruv kreyserlari va vertolyotlar ishtirok etmoqda, ular olovni jilovlash va ifloslanishning yanada tarqalishining oldini olishga harakat qilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar