Tramp Xarris bilan takroriy munozaralardan bosh tortishi sababini ochiqladi
AQSH prezidentligiga demokratlardan nomzod, vitse-prezident Kamala Xarris bilan bundan keyingi saylovoldi munozralardan ma’no yo‘q, chunki u amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning siyosatida hech narsani o‘zgartirmoqchi emasligini ommaga ma’lum qilgan. Bu haqda respublikachilardan nomzod Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Fox News sobiq prezidentga Xarris bilan 24 yoki 27-oktabrda munozaralar o‘tkazishni taklif qilgan edi. Tramp telekanalning 4-sentabr kuni yangi raund haqidagi taklifini qabul qilganini, ammo o‘shanda Xarris rozi bo‘lmaganini ta’kidladi.
Siyosatchi ayni paytda so‘rovlarda yetakchilik qilayotganini va Xarris bilan o‘rtadagi farq kundan-kunga kattalashib borayotganini qayd etdi.
Quinnipac va Emerson so‘rovlari natijalari bo‘yicha haqiqatan ham shunday, ammo The New York Times va Siena’ning umummilliy so‘rovida esa Xarris oldinda (49 foizga 46 foiz).
Sharhlar