Trampning samolyoti nosozlik tufayli Bozmen aeroportiga qo‘na olmadi
AQSHning 45-prezidenti Donald Trampning samolyoti texnik nosozliklar tufayli Montana shtati Bozmen shahriga qo‘na olmadi, deb yozadi “Kommersant”.
Ushbu shaharda respublikachi miting o‘tkazishi kerak edi. Samolyot kerakli aeroportdan 240 km uzoqlikda joylashgan Billingsga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Billingsdagi aeroport Trampning samolyoti eson-omon qo‘nganini ma’lum qildi. Shundan keyin sobiq prezident boshqa xususiy samolyotda Bozmenga jo‘nab ketdi. Aynan qanday nosozlik yuzaga kelganiga aniqlik kiritilmadi.
Ulashish:
Sharhlar