Braziliya Oliy sudi yonida portlashlar yuz berdi, bir kishi halok bo’ldi
Braziliya Oliy sudi binosi yaqinida ikkita portlash yuz berdi, shu sababli bino evakuatsiya qilindi. Bir kishi halok bo’ldi, dedi mahalliy politsiya.
Birinchi portlash poytaxt Braziliyadagi sud binosi yonida turgan mashina yukxonasida sodir bo‘lgan. 20 soniyadan so’ng ikkinchi portlash sodir bo’ldi, shundan so’ng maydonda erkakning jasadi topildi.
Oliy sud Braziliya Prezidentining qarorgohi – Alvorada saroyiga yaqin joyda joylashgan.
Ulashish:
Sharhlar