Britaniya TIV rahbari Putinni quldorga qiyosladi va uni “mafioz” davlat rahbari deb atadi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Deevid Lemmi BMT Xavfsizlik kengashidagi chiqishida Vladimir Putinni “mafioz davlat”ni boshqarishda aybladi va uni quldorga qiyosladi.
“Sizning bosqiningiz faqat sizning manfaatlaringizga xizmat qiladi. Mafiya davlatingizni korruptsiya ustiga qurilgan mafiya imperiyasiga aylantirish uchun izmat qiladi”, – dedi Lemmi.
Shuningdek, u qullik davrlarini eslab, Rossiya hukumatini xalqaro huquqni mensimaslikda aybladi.
“Janob prezident, men nafaqat britaniyalik, londonlik va tashqi ishlar vaziri sifatida gapiryapman. Men ham shu yerda, ajdodlari Afrikadan qurol bilan zanjirband qilingan va qul qilingan qora tanli odam sifatida turibman. Ota-bobolari isyon ko‘targan va qullarning buyuk qo‘zg‘olonida jang qilgan odam sifatida turibman. Imperializm: Men uni ko‘rganimda, bilaman. Va men uni qanday bo‘lsa, shunday deb atayman”, – deya ta’kidladi diplomat.
Sharhlar