Buchada tinch aholini o‘ldirishda ayblanayotgan polk komandiri polkovnik Artyom Gorodilov hisbga olindi

Фото: Аstra

Polkovnik Artyom Gorodilov Ryazan shahrida o‘ta yirik firibgarlikda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda “Kommersant” nashri o‘z manbasiga tayanib xabar beradi.

AQSh sanktsiyalari ostida qolgan Gorodilov 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshida Buchadagi janglarda qatnashgan 234-havo hujumi polki komandiri bo‘lgan.

Avvalroq NYT jurnalistlari ko‘p sonli tinch aholi halok bo‘lgan Bucha shahridagi Yablonskaya ko‘chasidagi voqealarni qayta tiklagandi. Tekshiruv davomida 30 nafar halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan, ularning orasida tinch aholi va harbiy asirlar, jumladan, bolalar va pensionerlar ham bor. Jurnalistlar tomonidan topilgan videolarda rossiyalik harbiylar tinch aholini qatl etayotgani aks etgan.

Bucha aholisining aytishicha, rossiyalik harbiylar halok bo‘lgan tinch aholining telefonlarini olgan bo‘lishi mumkin. NYT Ukraina rasmiylaridan ishg‘ol paytida Bucha tumanidan qo‘ng‘iroqlar ma’lumotlar bazasini so‘radi va podpolkovnik Artyom Gorodilov boshchiligidagi Qora dengizning 234-gvardiya havo hujumi polkining 22 desantchisi ismini aniqladi, ular halok bo‘lgan mahalliy aholining telefonlaridan qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.