Budapesht suv ichida qolmoqda: Dunay o‘z sohillaridan toshib, mashhur parlamentni g‘arq qildi
Vengriya poytaxtida Yevropaning eng yirik daryosi Dunay qirg‘oqlaridan toshib ketdi. Suv Budapeshtdagi Vengriya parlamenti binoni bosdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, selning eng yuqori cho‘qqisi 21-sentyabr oqshomiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Rasmiylarning ta’kidlashicha, shaharda suv toshqini bilan kurashish uchun yetarli resurslar mavjud.
Ayni paytda Vengriya favqulodda vaziyatni bashorat qilmayapti va tabiiy ofat e’lon qilishni rejalashtirmayapti.
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolardan ko‘rinib turibdiki, suv parlament binosiga jiddiy yaqinlashib, uni g‘arq qila boshlagan. Suv allaqachon sayyohlar uchun skameykalarni butunlay qoplab olgan, chiroq ustunlari va svetoforlarning yarmi ko‘rinib turibdi. Sayr qayiqlari pristaniga yaqinlashish joyi butunlay suv bilan kesilgan.
Sharhlar