Polsha Belarus bilan chegarada bufer zonasini qaytadan ishga tushiradi
Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish 4-iyundan Belarus bilan chegaradagi bufer zonasi qaytadan ishga tushirilishini e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant”. U Gaynovskiy va Belostokskiy tumanlarini qamrab oladi. Noqonuniy muhojir chegarani kesib o‘tishga urinib, harbiy xizmatchini yaralaganidan keyin, shunday qaror qabul qilingan.
Bufer zonasi chegara bo‘ylab Gaynovskiy tumanida 26 ta nuqtada, Belostokskiy tumanida esa 1 ta joyda o‘rnatilmoqda. Uning ichida alohida rejim amal qiladi. Ushbu zonalarda chegaraga 200 metrdan yaqinroq kelish mumkin bo‘lmaydi. Kosinyak-Kamish ushbu qarorni chegara himoyasini yaxshilash va xodimlar xavfsizligini oshirish bilan izohladi.
Bufer zonasi Polshada Belarus bilan chegarada 2021—2022-yillarda migratsiya inqirozi fonida amal qilgan edi.
Belarus bilan chegarada polshalik askarga qilingan hujumdan keyin bosh vazir Donald Tusk qo‘shimcha kuchlar yuborilishini e’lon qildi. Harbiy xizmatchining hayoti xavf ostida emas.
Sharhlar