Bugun Kursk oblastida 100 dan ortiq rossiyalik harbiy asirga olingani ma’lum qilindi
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy kun boshidan buyon Kursk oblastida 100 dan ortiq rossiyalik harbiy asirga olinganini o‘z hisobotida ma’lum qildi.
“Hozirgi kun boshidan buyon ma’lum yo‘nalishlarda (Kursk oblastida – tahr.) qo‘shinlar 1-2 km oldinga siljidi. Sudja aholi punktida dushmanni qidirish va yo‘q qilish ishlari yakunlandi.
Kun boshidan buyon 100 dan ortiq dushman xizmatchilari asirga olindi”.
Zelenskiy almashish fondini to‘ldirgani uchun Sirskiyga minnatdorchilik bildirdi. Sirskiy barcha asosiy yo‘nalishlardagi vaziyat haqida ham ma’lumot berdi.
Ulashish:
Sharhlar