Buyuk Britaniya parlamenti evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda: jamiyat ikkiga bo‘lindi
Juma kuni Buyuk Britaniya parlamenti Angliya va Uelsda evtanaziyani qonunlashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasining ikkinchi o‘qilishini o‘tkazadi. Bu kuzda eng ko‘p muhokama qilinayotgan va siyosatchilardan tortib oddiy uqarolargacha har tomonlama fikr-mulohazalarga sabab bo‘layotgan tashabbuslardan biri.
Leyboristlar deputati Kim Lidbiter tomonidan tashabbus qilingan loyihada og‘ir kasallarni himoya qilish va suiiste’mollarning oldini olish uchun qat’iy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Oktyabr oyida o‘tkazilgan so‘rovga kӳra, britaniyaliklarning 67 foizi evtanaziyani qo‘llab-quvvatlaydi, 13 foizi esa qarshi chiqadi.
Qonun loyihasi “munosib o‘lim” huquqini berishni ko‘zda tutib, o‘lim oldidagi kasallarning azobini kamaytirishga intilayapti. Hozirda Buyuk Britaniyada ixtiyoriy ravishda hayotdan ketishga yordam berish taqiqlangan va 14 yilgacha qamoqqa olish bilan jazolanadi.
Loyihaga qarshi chiquvchilar ehtimoliy xavflarga e’tibor qaratsa, qo‘llab-quvvatlovchilar, jumladan jamoat arboblari va tuzalmas bemorlar, insonlarga tanlov berish zarurligini ta’kidlaydilar. Qonun loyihasini muhokama qilish jamoat va siyosiy muhokamalarning bir qismiga aylangan.
Shunga o‘xshash tashabbuslar Britaniyaning boshqa hududlari, jumladan Shotlandiya va Jersi orolida ham tayyorlanmoqda.
Sharhlar