Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Buyuk Britaniya Rossiyaning 18 ta neft tankeri va to‘rtta suyultirilgan gaz (STG) tashuvchi tankeriga qarshi sanksiyalar joriy qildi, deya xabar beradi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi payshanba kuni mamlakat hukumati saytida chop etilgan bayonotda.
“Rossiyaning 18 ta neft tankeri va to‘rtta suyultirilgan gaz tashuvchi tankeriga qarshi yangi sanksiyalar joriy etildi”, – deyiladi xabarda. Bundan tashqari, ularga texnik yordam ko‘rsatish taqiqlangan. Qayd etilishicha, kapitan va lotsmanlarga sanksiyalarga tushgan kemalarni ushlab turish to‘g‘risida buyruq yuborilishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar