Buyuk Britaniya Rossiyaning 30 ta tankeriga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan yangilangan qora ro‘yxatga ko‘ra, Buyuk Britaniya Rossiyaning 30 ta neft tankerini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.
Yangilanishdan so‘ng, Buyuk Britaniya sanksiyalari Rossiya neftini tashuvchi 80 dan ortiq tankerlarga nisbatan qo‘llanadi.
Shuningdek, “AlfaStraxovanie” va “VSK”ga qarshi ham sanksiyalar qo‘llanilgan. London ushbu ro‘yxatga kiritilish sabablarini “strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sektorda biznes yuritish orqali Rossiya hukumatidan imtiyozlar olish yoki unga yordam ko‘rsatish” bilan izohladi.
Ulashish:
Sharhlar