Buyuk Britaniyada parlament saylovlari o‘tkazilmoqda
Buyuk Britaniyada parlament quyi palatasi — Jamoatlar palatasiga saylovlar 4 iyul kuni o‘tkazilmoqda. Barcha so‘rovlar Bosh vazir Rishi Sunak va uning Konservatorlar partiyasi yirik mag‘lubiyatga uchraganini ko‘rsatmoqda. Natijada, Buyuk Britaniyada 14 yillik konservativ hukmronlik tugaydi.
So‘rovlar Kir Starmer boshchiligidagi muxolifat Leyboristlar partiyasi uchun saylovlarda shov-shuvli muvaffaqiyatni bashorat qilmoqda. YouGov sotsiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, leyboristlar 1832 yildan beri o‘zining eng yaxshi ko‘rsatkichlariga erishib, Jamoatlar palatasida 650 o‘rindan 431 tasini qo‘lga kiritishi mumkin.
Ayrim tahlilchilar leyboristlar 484 ta deputatlik o‘rinini qo‘lga kiritishi mumkinligini taxmin qilmoqda. May oyining oxirida parlament tarqatib yuborilganida, ular 202 mandatga ega edi. Shu bilan birga, quyi palatada konservatorlarlarning ishtiroki 102 o‘ringa qisqaradi.
“Biz hozir ko‘rayotgan narsa Britaniya siyosiy tarixida hech qachon sodir bo‘lmagan”, – deydi YouGov ekspertlaridan biri Sky News telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Sharhlar