Buyuk Britaniyaning besh sobiq mudofaa vaziri Ukrainaga Rossiyaga hujum qilishga ruxsat berishni so‘ramoqda
Buyuk Britaniyaning besh nafar sobiq mudofaa vaziri va bu mamlakatning sobiq bosh vaziri Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmerdan Ukrainaga hatto AQSH ko‘magisiz ham Rossiyaga zarba berish uchun uzoq masofali “Storm Shadow” raketalaridan foydalanishga ruxsat berishga chaqirdi. Bu haqda Britaniyaning The Sunday Times nashri yozmoqda.
Grant Scheps, Ben Uolles, Gavin Uilyamson, Penni Mordaunt, Liam Foks va Boris Jonson Starmerni har qanday keyingi kechikish Vladimir Putinga dalda berishidan ogohlantirdi.
Uolles, agar hozir chora ko’rilmasa, Buyuk Britaniya Kremlni “yumshtiradigan” bo’lishini aytdi, Uilyamson buni “burchni beparvo qilish” deb atadi va Boris Jonson qo’shimcha qildi: “Kechikish uchun hech qanday sabab yo’q”.
Starmer prezident Zelenskiyning Britaniyada ishlab chiqarilgan raketalardan foydalanishga ruxsat berish haqidagi murojaatini muhokama qilish uchun juma kuni prezident Bayden bilan muzokara qilish uchun Vashingtonga uchib ketdi.
Britaniyalik jurnalistlarning aytishicha, Oq uyda 90 daqiqa davom etgan muzokaralar “bizni oldida turgan tanlovlar” haqida “juda ochiq” bo’lgan. Ammo Bayden va uning jamoasi Zelenskiy o’zining “g’alaba rejasini” taqdim etguncha kutishni xohlashlarini aniq aytishdi.
Sharhlar