CBS: RF o‘zaro almashinuv doirasida kamida 12 nafar siyosiy mahbusni G‘arbga beradi

Эван Гершкович. Фото: REUTERS/Dmitry Chasovitin

Mahbuslar almashinuvi dasturida 24 kishi bor.

CBS ma’lumotlariga ko‘ra, almashinuv jarayonida AQSh, Rossiya, Germaniya va yana uchta G‘arb davlatidan mahbuslar qatnashmoqda.

Kelishuv doirasida Rossiya kamida 12 nafar siyosiy mahbusni Germaniyaga beradi, deya habar beradi CBS. Boshqa mamlakatlarda sudlangan sakkiz nafar Rossiya fuqarosi Rossiya Federatsiyasiga o‘tkaziladi.

Ularning orasida jurnalist Evan Gershkovich, sobiq dengiz piyodasi Pol Uilan va jurnalist Alsu Kurmasheva ham bor, deya qayd etadi Amerika telekanali AQSh prezidenti ma’muriyatining ismini oshkor etmagan xodimiga tayanib.

Berlinda chechen komandirini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Vadim Krasikov Rossiyaga topshiriladi, – deyiladi CBS materialida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.