CERN rossiyalik olimlar bilan hamkorlik qilishni to‘xtatdi

Фото: РИА

Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti 2024-yil 30-noyabrdan boshlab rossiyalik olimlar bilan hamkorlikni rasman toʻxtatdi, bu 350 ga yaqin rossiyalik mutaxassislarga taʼsir qildi.

O’zining eng yirik loyihasi – Katta adron kollayderi bilan mashhur bo’lgan CERN 100 dan ortiq mamlakatdan 10 mingga yaqin olimlarni birlashtiradi. Rossiya ushbu qurilmani qurish va tadqiq qilishda faol ishtirok etdi.

Rossiya bilan shartnomani uzaytirmaslik haqidagi qaror 2023-yil dekabrida e’lon qilingan edi. Belarus bilan ham xuddi shunday kelishuv 2024-yilning iyunida yakuniga etgan.

2022-yil mart oyida Ukrainada urush boshlanganidan so’ng, CERN Rossiya uchun kuzatuvchi maqomini to’xtatdi va tashkilotga a’zo 23 davlatning barchasi Rossiya agressiyasini “qat’iy qoraladi”.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.