Hindistonda Chandipura virusi avj oldi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida Chandipura virusiga chalinish bilan bog‘liq 50 ta holat qayd etildi, 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat sog‘liqni saqlash vaziri Rashikesh Patel ma’lum qildi, deb xabar bermoqda NDTV telekanali.
“Uch kishi virus bilan kasallangani haqidagi xabarlar boshqa shtatlardan kelib tushdi. Butun Gujarat shtati bo‘yicha Chandipura virusiga chalinish bilan bog‘liq 50 ta holat aniqlandi, shulardan 16 kishi vafot etdi”, — dedi u.
Patelning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalgani haqidagi ma’lumot har bitta aholi punkti va sog‘liqni saqlash tashkilotiga uzatilgan. Gujarat sog‘liqni saqlash vaziri dezinseksiya o‘tkazishni va bemorlarni intensiv davolashni ta’minlashni topshirgan.
Hindistonda Chandipura virusi vaqti-vaqti bilan avj olib turadi. Xususan, 2003-yilda u bilan 329 nafar bola kasallangan bo‘lib, shu holatlarning 183 tasi o‘lim bilan tugagan.
Sharhlar