Moskvada o‘tkazilgan reyddan keyin o‘nlab muhojirlarga “voyenkomat”ga chaqiruv qog‘ozlari topshirildi
Moskvada Rossiya Tergov qo‘mitasi xodimlari ishtirokida noqonuniy migratsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi, deb yozadi “Kommersant”.
Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot organlari reyd doirasida sobiq muhojirlar tomonidan qonunchilikka rioya etilishini ham tekshirgan.
Tekshiruvlar “Shchyolkovskaya” metrosi yaqinidagi avtovokzalda, sabzavot bazasida va xostellarda o‘tkazilgan. Natijada boshqa davlatlardan kelib, Rossiya fuqaroligini olgan o‘nlab shaxslarga harbiy hisobga turish chaqiruv qog‘ozlari topshirilgan.
Ulashish:
Sharhlar