Checheniston muftiysi Rossiyaning Vladimir oblastida hijobga joriy etilgan taqiqni qoraladi

Фото: grozny.tv

“Maktablarda hijob va niqobda yurishni taqiqlash vijdon va din erkinligi huquqini kafolatlovchi Konstitutsiyaga ziddir”, – deydi Checheniston muftiysi Salax Mejiev. Shunday qilib, u Vladimir oblastida joriy etilgan tegishli cheklovlarga izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha, oblastning ta’lim va yoshlar siyosati vazirligi tomonidan Rossiya “cherkov davlatdan, jumladan, dunyoviy ta’lim sohasidan ajratilgan” dunyoviy mamlakat ekanligi tushuntirilgan buyruq chiqarilgan.

Mejievning ta’kidlashicha, Vladimir oblastining ushbu me’yoriy hujjati “millatlararo va dinlararo adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan”.

“Bizning dovdirab qolganimizga, shuningdek, ushbu hujjatda islom diniga oid kiyim-kechaklarni taqiqlash alohida qayd etilgani ham sabab bo‘lmoqda. Umid qilamizki, bu faqat loyihachilar tomonidan yetarlicha ishlab chiqilmagani, musulmonlarga qarshi maqsadli xatti-harakatlar emas”, — deydi muftiy.

Mejiev “hijob taqvo ramzi” ekanligini va islom madaniyati va an’analarining muhim elementi ekanligini, chunki din musulmon ayollardan yuzi, qo‘llari va oyoqlaridan tashqari barcha qismlarini kiyim bilan yopishni talab qilishini eslatadi. Shuningdek, u Rossiya qonunlari hijob kiyishni taqiqlamasligini ta’kidlaydi – unda hatto pasport uchun ham suratga tushish mumkin. Muftiy, shuningdek, milliy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida tegishli cheklovlar qo‘yishga chaqirayotganlarning fikriga qo‘shilmasligini bildirib, bunday odamlarni “islom diniga e’tiqod qiluvchi minglab jangchilardan o‘rnak olib”, Ukraina bilan urushga jo‘nashni taklif qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.