Chegarani kesib o‘tgan 24 kishi ushlandi — Ukraina Davlat chegara hizmati
Odessa oblasti chegarachilari tashkilotchilariga salkam 300 ming yevro to‘lab, Moldova hududiga noqonuniy ravishda kirishga uringan 24 nafar erkakni aniqladi, deya xabar beradi Davlat chegara xizmati 27-iyun, payshanba kuni.
Davlat chegara xizmatining xabariga ko‘ra, firibgarlar chegarani noqonuniy kesib o‘tishni tashkil qilganliklari uchun erkaklardan 12 ming yevro talab qilgan.
“Ular bir vaqtning o‘zida katta guruhlarga bo‘linib kontrabanda o‘tkazishga harakat qilmoqda: bu safar Odessa oblastida tadbirkorlar 24 kishini to‘plashdi. Biroq ular o‘z va’dalarini bajara olmadi, chunki «sayyohlar» chegarachilar e’tiboriga tushdi”, — deyiladi Davlat chegara xizmatining xabarida.
Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, “sayohat” tashkilotchilari qidirilmoqda, deya qo‘shimcha qildi chegarachilar.
Sharhlar