Chexiya prezidenti mototsiklda avariyaga uchrab, kasalxonaga yotqizildi
Chexiya prezidenti Petr Pavel mototsiklda avariyaga uchragach, kasalxonaga yotqizildi. Ammo prezident matbuot xizmati xabar berishicha, uning jarohatlari “jiddiy emas. 62 yoshli Pavel tibbiy muassasada necha kun qolishi noma’lum.
Hodisa 23-may kuni yopiq poyga trassasida yuz berdi. Bunga nima sabab bo‘lgani noma’lum, biroq politsiya surishtiruv olib bormoqchi emas. OAVlar Chexiya prezidenti odatda Germaniyada ishlab chiqarilgan BMW R1200GS modelidagi mototsiklda harakatlanishi haqida yozgandi.
“Uning jarohatlari jiddiy emas, lekin Praga harbiy universitet gospitalida qisqa muddatli kuzatuv ostida qolishini talab etadi”, — deyiladi Chexiya prezidenti ofisi xabarida.
Kelasi haftada, 30-may kuni Petr Pavel Pragada NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishi kerak edi. Ushbu uchrashuvning amalga oshish-oshmasligi noma’lum.
Sharhlar