Chexiya tashabbusi doirasida Ukrainaga artilleriya o‘q-dorilarining birinchi partiyasi yetkazildi
Chexiya yarim million dona artilleriya o‘q-dorilarini sotib olish tashabbusi bilan chiqdi va boshqa mamlakatlarga ham bunga o‘z hissalarini qo‘shishni taklif qildi. Ukraina snaryadlarni 2024-yil oxirigacha olishi kerak. Hozirda 18 ta davlat tashabbusga qo‘shilgan.
“Bular Germaniya tomonidan moliyalashtirilgan o‘n minglab 155 millimetrli o‘q-dorilar”, – deydi Chexiya Mudofaa vazirligining rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Bundesver tomonidan to‘lanadigan 180 ming snaryadning birinchi qismidir.
26-iyun kuni Chexiya hukumati ushbu tashabbus doirasida snaryadlarni sotib olish uchun 865 775 000 kron (34,7 million yevro) ajratishga bir ovozdan qaror qildi. Bu mablag‘ Chexiyaning STV GROUP kompaniyasidan o‘q-dorilar sotib olishga sarflanadi, – deya qayd etadi bosh vazir Fiala. Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik nuqtai nazaridan uning hajmi va vaqti oshkor qilinmayapti.
Sharhlar