Meksikadagi shahar meri lavozimiga kirishganidan keyin 6 kun o‘tib o‘ldirib ketildi
Meksikaning Gerrero shtati ma’muriy markazi Chilpansingo meri Alexandro Arkos o‘z lavozimiga kirishganidan keyin olti kun o‘tib o‘ldirib ketildi.
WhatsApp messenjerida merning kesib olingan boshi aks etgan fotosuratlar tarqala boshlagach, hukumat Arkos o‘ldirilgani haqida bayonot e’lon qildi. Reuters suratning haqiqiyligini tasdiqlay olmadi.
43 yoshli Alexandro Arkos 30-sentabr kuni mer lavozimiga kirishgan, 6-oktabr kuni esa o‘ldirilgan. Bundan uch kun avval esa Chilpansingoda Shahar kengashining yangi kotibi Fransisko Tapia otib tashlangan edi.
Ulashish:
Sharhlar