CNN: AQShning zaxiralari tugayotgani sababli mamlakat Ukrainaga yordamni kichik partiyalar bilan jo‘nata boshladi
Pentagon Ukrainaga harbiy yordamni kichikroq partiyalar bilan bera boshladi, chunki uning o‘z zaxiralari sezilarli darajada qisqargan va o‘zining jangovar tayyorgarligini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas, deya xabar beradi CNN ikki anonim harbiy manbaga tayangan holda.
Kongress tomonidan Ukrainaga harbiy yordam uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilgan mablag‘ning 6 milliard dollari o‘zlashtirilmaganligicha qolmoqda. Mudofaa vazirligi texnik jihatdan uni sentyabr oyining oxirigacha, AQSh moliya yili tugashi bilan sarflashi kerak, biroq qonunchilardan bu muddatni uzaytirishni so‘ramoqda.
Qo‘shma Shtatlardan Ukrainaga harbiy yuklarni yetkazib berishning eng tezkor kanali qurol, o‘q-dorilar va boshqa jihozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy omborlardan berishdir. Biroq, CNN manbalarining ta’kidlashicha, u yerda katta miqdorda ortiqcha jihozlar qolmagan va u zaxiralarni yanada qisqartirishni istamayapti, chunki ularning to‘ldirilish muddatiga ishonchlari komil emas.
“To‘ldirish ham muammo”, – deydi suhbatdosh. Qo‘shma Shtatlar Ukrainani ta’minlash va o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun 155 millimetrli o‘qlar va Patriot tizimlari kabi asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kuchaytirmoqda, ammo bu jarayon yillar davom etadi va ortib borayotgan talabni tezda qondira olmaydi.
Shunday qilib, urushdan oldin Qo‘shma Shtatlar oyiga 15 mingta 155 mm artilleriya snaryadlarini ishlab chiqargan. Endi yangi zavodlar va ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi, snaryadlar ishlab chiqarish oyiga 40 mingtaga yetdi. Ammo Pentagon ishlab chiqarishni oyiga 100 mingga ko‘paytirishni maqsad qilib qo‘ygan va bunga hali bir yildan ko‘proq vaqt bor.
Bunday sur’at Amerika harbiy departamenti jadvaliga mos keladi.
Sharhlar