CNN telekanali Rheinmetall kompaniyasining rahbariga uyushtirilgan suiqasd haqida xabar berdi

Фото: RT

Amerikaning CNN telekanali 2024-yil boshida Amerika va Germaniya razvedka xizmatlari Rheinmetall AG bosh direktori Armin Pappergerga suiqasdning oldi olingani haqida xabar berdi, deb yozadi “Kommersant”.

О‘z materialida telekanal beshta anonim manbadan olingan ma’lumotlardan foydalangan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedka xizmatlari dastlab suiqasd tayyorlanayotganidan xabar topgan, shundan so‘ng bu ma’lumotlar Berlinga yetkazilgan va bu qotillikning oldini olishga yordam bergan.

Materialda boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Qayd etilishicha, bu Amerika maxsus xizmatlariga ham ma’lum bo‘lgan “juda yaxshi o‘ylangan” suiqasd bo‘lgan. So‘z Yevropa Ittifoqida mudofaa sanoati rahbarlariga nisbatan tayyorlanayotgan bir qator suiqasdlar haqida ketmoqda.

CNN xabariga ko‘ra, ularning ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkin, ammo buning isbotini keltirmagan. Telekanalning ta’kidlashicha, u Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasidan olingan ma’lumotlarga izoh berishni so‘ragan, biroq materialda javob haqida hech narsa ma’lum qilinmagan.

Rheinmetall – bosh qarorgohi Dyusseldorfda (Germaniya) joylashgan Yevropaning eng yirik qurol ishlab chiqaruvchisi. Kontsern, jumladan, Ukraina armiyasi uchun qurol ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar asosida ishlaydi. Kompaniya CNN materialiga izoh bermadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.