COP-29: BAAning Masdar kompaniyasi О‘zbekistonda quvvati 1000 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini quradi

Фото: Минэнерго

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP-29 konferentsiyasi doirasida О‘zbekiston Energetika vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar  kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quvvati  1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur elektr stansiyasi qurilishi jarayonida 600 dan 800 tagacha yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 3,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu О‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 milliard metr kub tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

“Ushbu loyiha nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan, balki atrof-muhitni muhofaza qilishda ham katta ahamiyatga ega elektr stansiyasi Masdar  kompaniyasi bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi bo‘lib, О‘zbekistonga energiya xavfsizligini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish imkonini beradi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Kompaniya bilan hamkorlik doirasida umumiy quvvati 1497 MVt bo‘lgan loyihalar – Zarafshondagi shamol elektr stansiyasi (500 MVt), shuningdek, Karmana (100 MVt), G‘allaorol (220 MVt) quyosh fotoelektr stansiyalari, Kattaqo‘rg‘on (220 MVt) va Sherobod (457 MVt) qurilishi amalga oshirildi. Bundan tashqari, yirik loyihalarni amalga oshirish doirasida Buxoro viloyatining Olot tumanida (250 MVt) va Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanida (300 MVt) fotoelektr stansiyalarini qurish ishlari olib borilmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.