Rossiyada koronavirusning yangi XEC turi aniqlandi
Rossiyada koronavirusning yangi varianti — XEC bilan kasallanish bo‘yicha ilk holatlar aniqlandi, deb yozadi “Kommersant”. Ushbu ikki holat Rostov viloyatida va Ufada qayd etilgan. XEC simptomlari Omikron turning avvalgi variantlari belgilariga o‘xshash.
“Rospotrebnadzor” koronavirusning yangi turiga chalinish holatlari bo‘yicha boshqa tafsilotlarni keltirib o‘tmadi. Biroq avvalroq o‘tgan bir hafta ichida Rossiyada 36 ming kishi COVID-19 ni yuqtirgani, bu esa avvalgi haftadan 11,4 foizga ko‘proq ekani xabar berilgan edi.
XEC — COVID’ning avvalgi ikki turi Omikron KS.1.1 va KP.3.3 dan kelib chiqqan varianti bo‘lib, isitma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, hid bilish va ishtahaning yo‘qolishi, tanadagi og‘riqlar, bosh og‘rig‘i va burun oqishi kabi simptomlarga ega. XEC varianti Fransiya (holatlarning 21 foizi), Germaniya (15%) va Buyuk Britaniyada tarqalgan.
Sharhlar