CrowdStrike tizimidagi ommaviy texnik buzilish kompaniyaga 16 mlrd dollarga tushishi mumkin
BBC yozishicha, AQShdagi dastlabki savdolarda CrowdStrike kompaniyasi aktsiyalarining narxi 21 foizga pasaygan.
Agar bu AQShda fond birjasi ochilganidan keyin rasmiy savdolarda sodir bo‘lsa, kompaniya o‘z qiymatining beshdan bir qismini – 16 milliard dollarni yo‘qotadi.
Nashrning qayd etishicha, joriy nosozlik WannaCry virusining 2017-yil may oyida sodir bo‘lgan keng ko‘lamli hujumidan keyingi eng yirik nosozlik deb hisoblanishi mumkin. O’shanda 150 mamlakatda 300 ming kompyuter zarar ko‘rgandi va u milliard dollargacha baholangandi.
Ayni damda global nosozlikning asosiy sababi bartaraf etildi, deya xabar beradi Microsoft kompaniyasi X ijtimoiy tarmog‘ida, ular nosozlik oqibatlari Microsoft 365 ilovasi va xizmatlariga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Microsoft shuningdek, zarar ko‘rgan barcha kompaniyalar va foydalanuvchilar CrowdStrike yordamiga murojaat qilishlari mumkinligini qayd etgan.
Sharhlar