Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen hujumga uchradi
Kopengagenda bir erkak bosh vazir Mette Frederiksenga hujum qildi, deb yozadi Meduza.
Hukumat rahbari ofisi ma’lum qilishicha, Frederiksen Eski shahardagi Kultorvet maydonida hujumga uchragan: u do‘pposlangan. Bosh vazir “hodisadan shok holatida” ekani aytilmoqda.
Frederiksenning ahvoli joyida ekani, ammo u hodisadan “juda ta’sirlangani”ni manbalar ma’lum qilmoqda.
Bosh vazirga hujum qilgan erkak ushlangan.
Metter Frederiksen 46 yoshda. U Daniya bosh vaziri lavozimini 2019-yildan buyon egallab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso hujumga uchragan va yaralangan edi. Siyosatchiga Ganlova shahrida vazirlar mahkamasi majlisidan keyin bir necha marta o‘q uzishgan edi.
Sharhlar