Dart Veyder va Mufasaga ovoz bergan aktyor Jeyms Erl Jons vafot etdi

“Yulduzlar jangi” filmidagi Dart Veyder va “Qirol sher” multfilmidagi Mufasa kabi qahramonlarga ovoz bergan afsonaviy aktyor Jeyms Erl Jons vafot etdi. U 93 yoshda edi.

Jonsning agenti Barri Makferson Associated Press agentligiga aktyor o‘z uyida vafot etganini aytdi. О‘zining uzoq va mashhur faoliyati davomida Jons o‘nlab Gollivud filmlari va teleseriallarida, jumladan Stenli Kubrikning “Doktor Streynjlav yoki atom bombasidan qanday qilib qo‘rqmasligikni o‘rganganim va uni yaxshi ko‘rib qolganim haqida”, “Johil Konan”, “Amerikaga safar” va “Vatanparvarlar o‘yinlari” filmlarida rol o‘ynagan.

Ammo “Yulduzli urushlar” filmining markaziy yovuz qahramoni Dart Veyderning ovozli ijrosi Jonsga butun dunyoga shuhrat keltirdi. Uning chuqur va ta’sirli ovozi ushbu personaj obrazining ajralmas qismiga aylandi.

Jons, shuningdek, 1994-yilda suratga olingan “Qirol sher” animatsion filmida Mufasaga ovoz bergan. Faoliyati davomida u kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun “Emmi”, “Gremmi” va “Oskar” kabi ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

E’tiborlisi, Jeyms Erl Jonsning ovozi kelgusida ham “Yulduzlar jangi” filmida yana yangraydi. 2022-yilda aktyor Disney bilan shartnoma imzoladi, bu esa kompaniyaga kelajakdagi loyihalarda uni qayta yaratish uchun uning ovozidan foydalanish imkonini beradi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.