Davlat dumasi “chayldfri targ‘iboti”ga taqiqni uzil-kesil tasdiqladi
Davlat Dumasi deputatlari ikkinchi va uchinchi o‘qishda “tug‘ishga qarshi tashviqot”ni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi.
Qonunda bunday materiallarni ommaviy axborot vositalarida, internetda, kinoda va reklamada tarqatishni taqiqlash nazarda tutilgan.
Qoidabuzarlar jarimaga tortiladi, xususan: jismoniy shaxslar uchun 400 ming rublgacha, mansabdor shaxslar uchun 800 ming rublgacha va yuridik shaxslar uchun 5 million rublgacha.
Hujjatda monaxlik va turmush qurmaslik va’dalari haqidagi ma’lumotlar uchun istisno qo‘llangan. Ilgari, qonun birinchi o‘qishda qabul qilingandan so‘ng onalik bilan bog‘liq qiyinchiliklarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ayrim internet-jamiyatlar yopilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar