Davlat dumasi tez orada Rossiyada Google blokirovka qilinishini bildirdi
Google, Google Android va IOS tez orada Rossiyada blokirovka qilinadi. Bu haqda Davlat Dumasi deputati Aleksey Didenko ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu ularning tashabbusi bilan amalga oshmayapti.
“Tez orada Google va u bilan birga Google Android blokirovka qilinadi. IOS ham blokirovka qilinadi, bu bizning tashabbusimiz bilan bo‘lmayapti. <…> Biz biznes vakillari va olimlarga boshqa platformalarga o‘tishni tavsiya qilamiz”, – deydi Didenko. Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarga ushbu platformalardan foydalanish uzoq vaqtdan beri taqiqlangan. Ayniqsa, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlaydiganlar uchun.
Deputat Netflix kino va seriallar xizmati yopilganini bunga misol sifatida keltiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hech qanday “fojia” sodir bo‘lmayapti. “Albatta, kimdir o‘z noroziligini bildirdi, biroq vaqt o‘tishi bilan hamma tinchlandi”, — deya qo‘shimcha qilaadi Didenko RuNews24.ru nashriga bergan intervyusida.
Sharhlar