AQSH davlat qarzi tarixda birinchi marta 35 trln dollardan oshdi
AQSHning davlat qarzi tarixda birinchi marta 35 trillion dollardan oshdi, deb yozadi “Kommersant”. Mamlakatning davlat qarzi 34 trillion dollarlik marradan yanvarda oshib o‘tgan edi.
Vakillar palatasi qo‘mitasining xabarida aytilishicha, AQSHning hozirgi davlat qarzi kishi boshiga 104 ming dollar, har bitta uy xo‘jaligiga 266 ming dollar yoki har bir bola boshiga 483 ming dollarga tengdir. Ta’kidlanishicha, Jo Bayden 2021-yilda AQSH prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon, davlat qarzi 7,25 trillion dollarga oshgan.
AQSH Kongressining budjet bo‘yicha boshqarmasi prognoz qilishicha, 2034-yilga kelib, AQSHning davlat qarzi 50,7 trillion dollargacha ko‘tariladi, bu esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining 122 foizi demakdir.
AQSH moliya vaziri Janet Yellen mamlakat davlat qarzi boshqarish mumkinligini, biroq kelajakda hukumat defitsit pasayishiga ishonch hosil qilish uchun choralar ko‘rishiga to‘g‘ri kelishini aytgandi.
Sharhlar