Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishini rejalashtirganlar tintuv qilindi
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanayotgan guruh a’zolarining uylari va transport vositalarida tintuvlar olib borildi, deb xabar beradi DW mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib.
“Ushbu destruktiv guruh hokimiyatni kuch ishlatish orqali, ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish yo‘li bilan egallab olishni rejalashtirgan”, — deyiladi xabarda.
Tintuvlar natijasida 50 ta o‘qotar qurol, 255 mingdan ortiq o‘q-dori, shuningdek, 200 ta huquq-tartibot organlari xodimlarining formasi, 38 ta zirhli nimcha, 150 ta militsiya va 100 ta harbiylar bosh kiyimi musodara qilingan.
Avvalroq Qirg‘iziston OAVlari hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishni rejalashtirgan, kriminalitet mafkurasini qo‘llab-quvvatlovchi, diniy mafkuraga mukkasidan ketgan guruh faoliyatining oldi olingani haqida xabar bergan edi.
Sharhlar