Qirg‘iziston-O‘zbekiston xalqaro universiteti dekani qo‘lga olindi
O‘sh shahrida joylashgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston xalqaro universitetining gumanitar-pedagogik fakulteti dekani U.I.S. davlat imtihonlarida talabalardan doimiy ravishda noqonuniy yig‘imlar yig‘ib kelgani uchun qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi. Hodisa 26-iyul kuni yuz bergan.
Avvalroq Qirg‘iziston jinoyat kodeksining “tovlamachilik orqali undirib olish” moddasi bo‘yicha ushbu fakultet dekani o‘rinbosari D.U.D. qo‘lga olinib, 2 oy muddatga tergov izolyatoriga yuborilgan edi.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar chog‘ida ushbu korrupsiya sxemasiga dekan ham aloqador ekani aniqlangan. U qo‘lga olingan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
Ulashish:
Sharhlar