Zelenskiy Denis Shmigalni bosh vazirlikdan ketkazmoqchi — OAV
Vladimir Zelenskiy Denis Shmigalni Ukraina bosh vaziri lavozimidan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” yozmoqda.
“Prezident Shmigaldan charchadi, bu majlislardagi munosabatidan ko‘rinyapti. Zelenskiy unga uncha quloq ham solmay qo‘ygan. Bu hisob-kitobdan ko‘ra ko‘proq hissiyotlarga bog‘liq narsa… Zelenskiy nuqul ijodiy yechimlar va takliflarni kutadi, Shmigal esa so‘nggi yillarda o‘sganiga qaramasdan, butunlay o‘zgara olmayapti”, — dedi nashr manbalaridan biri.
Yana bir manba qayd etishicha, Shmigalning iste’fosi so‘nggi ikki oy ichida allaqachon ikki marta muhokama qilingan.
Bosh vazir lavozimiga bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda, ehtimoli eng katta bo‘lgani — bosh vazir birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko. Shuningdek, hududlar bo‘yicha sobiq vazir va “Naftogaz” sobiq boshqaruv raisi Aleksey Chernishev nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Sharhlar