Turkmaniston O‘zbekiston va boshqa qo‘shni mamlakatlardan ba’zi fuqarolarini deportatsiya qilishni so‘radi
19-iyul kuni Turkmaniston diplomatik kanallar orqali bir qator mamlakatlarga 50 kishidan iborat ro‘yxatni taqdim etib, ularni o‘z hududlariga kiritmaslikni yoki Turkmanistonga deportatsiya qilishni so‘ragan, deb xabar bermoqda “Xroniki Turkmenistana”.
Bunday iltimos bilan Belarus, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron va katta ehtimol bilan, Moldova, Gruziya va Armanistonga murojaat qilingan.
Hukumat fikricha, ro‘yxatdan o‘rin olgan aktivist fuqarolar, jurnalistlar, mustaqil OAVlar va muxolifat vakillari davlat xavfsizligiga tahdid soladi. Ushbu ro‘yxatdagi to‘qqiz kishini Turkmaniston o‘z vataniga qaytarishni so‘ramoqda.
Ta’kidlanishicha, bunday murojaatning berilishi uni xorijiy mamlakatlar amalga oshirishini anglatmaydi. Ammo Turkmen news mustaqil nashri muharriri Ruslan Myatiyev 25-iyul kuni Turkiyadan deportatsiya qilingani ushbu mamlakat Turkmaniston tomonining iltimosiga jiddiy yondashganini ko‘rsatadi.
Sharhlar