Dmitriy Medvedev: “Ular nega o‘zlari bilan oilasini sudrab kelyapti?”
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlarga Rossiyaga oilalarini olib kelishni taqiqlashni va “migrantlar bolalarini rus tilini o‘rganishga majburlashni” taklif qildi.
“Menimcha, maktablar, migrantlar oilalari, anklavlarga nisbatan nima qilish kerak, men buni yoqlayman. Albatta, biz u yerdagi ba’zi tendensiyalarni yenga olmaymiz, lekin nima qilish mumkin: agar odam mavsumiy ishga kelsa – nega u o‘z oilasini bu yerga sudrab kelayapti?” – deydi Medvedev.
Bundan tashqari, Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning bolalari rus tilini o‘rganishga majburlanishi kerak, ammo maktablar buni asta-sekin va “kamsitmasdan” qilishlari lozim.
“Bolalar kelganida, ba’zi birinchi sinf o‘quvchilarining to‘rtdan uch qismi rus tilida gaplasha olmasa, bu mumkin emas. Ularni asta-sekin o‘rganishga majburlash kerak. Kim o‘rganmasa – qo‘yib yubormaslik kerak”, – deydi Medvedev.
Ma’lumot uchun, avgust oyida “ЛДПР” partiyasining bir guruh deputatlar partiya rahbari Leonid Slutskiy boshchiligida mehnat migrantlarining Rossiyaga o‘z oilalarini olib kelish huquqini cheklovchi qonun loyihasini Davlat Dumasiga kiritishgan edi.
O‘sha paytda past malakali mutaxassislar haqida gap borgan, ular faqat mehnat shartnomasi yoki patent asosida Rossiyada bo‘lib, Rossiyada yashash uchun patentdan boshqa qonuniy asoslarga ega bo‘lmasa, masalan, Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga ega bo‘lmasa, cheklash taklif qilingan.
Yuqori malakali xodimlar va ularning oilalariga bu cheklov tegishli emas, deb ta’kidlan edi.
Undan ham avval esa Davlat Dumasining “КПРФ” partiyasidan deputati, Mixail Matveyev, migrantlarning oilasi bilan Rossiyaga kelishini taqiqlash tashabbusi bilan chiqqan edi.
“Bir ishlaydigan kishiga ishlamaydigan besh-yetti kishi keladi, lekin ular Rossiya davlatining ijtimoiy ta’minoti – bepul maktablar, bolalar bog‘chalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlariga muhtoj”, – degan edi Matveyev.
Sharhlar