Dog‘istonda niqob taqiqlanishi mumkin
Dog‘iston muftiysi Axmad Abdulayev respublikada niqobni taqiqlash to‘g‘risida fatvo chiqarish niyatida ekanini bildirdi.
“Rossiyaning barcha tqvodorlari bu savolga javob berishdan ehtiyot bo‘lishadi, lekin men javob beraman. Niqobni taqiqlovchi fatvo chiqaramiz. Faqat bitta haqiqat bo‘ladi. Qur’onda aytilgan: bir haqiqat, qolgani xato”, – dedi Abdulayev oblast rahbari Sergey Melikovning ijtimoiy faollar bilan uchrashuvida.
Niqob – musulmon ayollarning yuzini qoplaydigan bosh kiyimi. 23-iyun kuni respublikada ro‘y bergan teraktlardan so‘ng uni kiyishning nomaqbulligi haqidagi bahslar yanada kuchaydi. Dog‘iston rahbari xavfsizlik nuqtai nazaridan niqobga qarshi chiqdi, biroq uni kiyishni radikal islomning namoyon bo‘lishi bilan bog‘laydiganlar fikriga qo‘shilmadi.
Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin ham niqobni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi.
Sharhlar