Dog‘istonda qarindoshlari teraktda qatnashgan Sergokala rayonining sobiq rahbari hibsga olindi

Фото: пресс-служба суда

Dog‘iston sudi ishdan bo‘shatilgan Sergokala rayoni rahbari Magomed Omarovni mayda bezorilik moddasi bilan o‘n kunga hibsga oldi. Bu haqda TASS va “RIA Novosti” xabar beradi.

Avvalroq “Interfaks” va “Kommersant” o‘z manbalariga tayanib, Omarov mayda bezorilik moddasi bo‘yicha qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari mansabdor shaxsga qarshi terrorizmga yordam berish ishini qo‘zg‘atish uchun materiallar tayyorlamoqda.

Dastlab 23 iyun kuni Dog‘istondagi cherkov va sinagogaga hujum qilgan terrorchilar orasida Omarovning ikki o‘g‘li – 31 yoshli Usmon Omarov va 37 yoshli Odil Omarov va uning 32 yoshli jiyani Abdusamad Amadziev ham borligi ma’lum bo‘lgan edi.

Omarov so‘roq paytida hujumda ishtirok etgan o‘g‘illari va jiyani “vahobiylar” ekanini, biroq u so‘nggi yillarda ular bilan muloqot qilmaganini aytgan. Shuningdek, u o‘zini boshqa qarindoshlari kabi vahobiylik harakati a’zosi deb hisoblamasligiga ishontirgan.

Biroq, keyin “RIA Novosti” boshqa hujumchi, 36 yoshli Ali Zakarigaev ham Omarovning jiyani ekanligini xabar qildi.

Teraktdan so‘ng Omarov nafaqat qo‘lga olindi, balki Sergokala rayoni rahbari lavozimidan ham chetlashtirildi, shuningdek, “Yagona Rossiya” partiyasidan ham o‘chirildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.