Dog‘istondagi musobaqalarda shaxmatchi qiz raqibini zaharlashga urindi. U hibsga olindi va turnirlarda qatnashishdan chetlashtirildi
6-avgust kuni Baza telegram kanali 2-avgust kuni Maxachqala shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirokchilardan biri o‘z raqibining taxtasi yonidagi stol ustiga simob to‘kib yuborgani va suyuqlikni shaxmat donasi bilan ishqalagani haqida xabar berdi. Natijada sportchi Umayganat Osmonova o‘zini yomon his qilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya kuzatuv kamerasi tasvirlarini o‘rganib, zaharlovchining shaxsini aniqladi. U 40 yoshli Amina Abakarova bo‘lib chiqdi. Baza xabariga ko‘ra, Abakarova iyul oyida turnir finalidagi mag‘lubiyati uchun qasos olish maqsadida Osmanovani zaharlamoqchi bo‘lgan.
Rossiya shaxmat federatsiyasi (RShF) prezidenti Andrey Filatov Federatsiya huquq-tartibot idoralari xulosasi kelguniga qadar Abakarovni musobaqalardagi ishtirokidan vaqtincha chetlatishini aytdi. Ushbu xulosaga ko‘ra, sportchi umrbod diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan qasddan sog‘likka yengil shikast yetkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Sharhlar