“Ochlik o‘yinlari” filmi yulduzi Donald Sazerlend 88 yoshida vafot etdi
Kanadalik aktyor Donald Sazerlend 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li, aktyor Kifer Sazerlend ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Donald Sazerlend suratga tushishni 1965-yilda boshlagan, o‘nlab film va seriallarda rol ijro etgan. U “Ochlik o‘yinlari” franshizasida bosh rollaridan biri — Pane, davlati tiran prezidenti Koriolan Snou rolini o‘ynagan. Shuningdek, uning filmografiyasidan “G‘urur va andisha”, “Sovuq tog‘”, “Italyancha o‘g‘rilik” va boshqa mashhur filmlar ham o‘rin olgan.
1995-yilda Sazerlend “Emmi”, 1996 va 2003-yillarda “Oltin globus”, 2017-yilda esa “Oskar” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Ulashish:
Sharhlar